Tibbiyot
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash fanlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun: kelajakdagi shifokorlar, jarrohlar, tadqiqotchilar va sog‘liqni saqlash sohasi yetakchilari.
Arizalar qabuli 2027-yil boshida ochiladi
AQShda joylashgan 501(c)(3) jamoat xayriya tashkiloti
Amerika Qo‘shma Shtatlarida joylashgan Zufarxonov jamg‘armasi tibbiyot va STEM yo‘nalishlarida tahsil olayotgan iqtidorli o‘zbekistonlik talabalarga stipendiyalar ajratadi — toki ularning kelajagini sharoit emas, qobiliyat belgilasin.
Missiyamiz
Tibbiyot va STEM mamlakat tayanadigan shifoxonalar, laboratoriyalar va sanoatni barpo etadi. Biroq sifatli ta’lim narxi ko‘plab qobiliyatli talabalarni yo‘lning boshidayoq to‘xtatib qo‘yadi.
Amerika Qo‘shma Shtatlaridan turib, biz iqtidor va ehtiyojga asoslangan stipendiyalar ajratamiz. Ular o‘zbekistonlik talabalarga jamiyatiga xizmat qilish, ilm-fanni rivojlantirish va o‘z sohasida yetakchi bo‘lish imkonini beruvchi diplomlarni olishda yordam beradi.
Asoschimiz
Asoschi
Akmalxon O‘zbekistonda voyaga yetgan. U akademik litseyda tibbiyot yo‘nalishida tahsil olib, bu sohaga mehr qo‘ygan. Keyinchalik buxgalteriya va moliya sohasida faoliyat yuritgan bo‘lsa-da, tibbiyotga bo‘lgan hurmati hech qachon so‘nmagan.
Yillar o‘tib, Qo‘shma Shtatlarda oilasi uchun og‘ir bo‘lgan bir paytda, u g‘amxo‘r tibbiyot jamoasi insonlar uchun qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. Aynan shu tajriba uni o‘z vatanidagi tibbiyotga hissa qo‘shishga undadi.
“Tibbiyot va STEM insoniyat salomatligi, farovonligi va taraqqiyoti uchun hayotiy ahamiyatga ega — eng ko‘p yordamga muhtoj sohalar ham aynan shular. O‘zbek talabalari qayerda o‘qimasin, ko‘pchiligi vataniga qaytib, uni rivojlantirishga intiladi. Umid qilamanki, jamg‘armamiz stipendiatlari yurtimiz farovonligiga, ayniqsa tibbiyot sohasida, munosib hissa qo‘shadi.”
Stipendiyalar
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash fanlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun: kelajakdagi shifokorlar, jarrohlar, tadqiqotchilar va sog‘liqni saqlash sohasi yetakchilari.
Arizalar qabuli 2027-yil boshida ochiladi
Fan, texnologiya, muhandislik va matematika yo‘nalishlaridagi talabalar uchun: ertangi kunning muhandislari, dasturchilari va tadqiqotchilari.
Arizalar qabuli 2027-yil boshida ochiladi
Talablar
Ariza topshirish tartibi
Doimiy qabulOnlayn shaklni to‘ldiring va baholar varaqasi (transkript), qabul yoki o‘qish haqidagi ma’lumotnoma hamda shaxsiy inshoni ilova qiling. Qabul ochilgach, muddat cheklanmaydi.
Tanlov komissiyasi arizalarni kelib tushish tartibida, e’lon qilingan mezonlar asosida ko‘rib chiqadi.
Arizangiz ko‘rib chiqilishi bilan sizga xabar beramiz. Ajratilgan mablag‘ ta’limingiz uchun to‘lanadi.
Savollaringiz bo‘lsa, info@zufarkhonov.org manziliga yozing.
Talabalarimizni qo‘llab-quvvatlang
Zufarxonov jamg‘armasi — Amerika Qo‘shma Shtatlarida joylashgan, 501(c)(3) maqomiga ega jamoat xayriya tashkiloti. AQSh soliq to‘lovchilari uchun xayriyalar qonunda belgilangan doirada soliqdan chegiriladi.
Faoliyatimizni qo‘llab-quvvatlash yoki hamkorlik uchun yozing:
info@zufarkhonov.org
Aloqa
Biz bilan bog‘lanishning eng qulay yo‘li — elektron pochta. Har bir xatni o‘qiymiz va imkon qadar tezroq javob beramiz.
info@zufarkhonov.org manziliga yozish